Ingliz Tilini Mustaqil O'rganuvchilar Uchun Kerakli 6 ta Gramatika Mavzulari

Tue, Nov 29, 2022

Read in 1 minutes

Ushbu postda ingliz tilini mustaqil o'rganuvchilar uchun 6 ta kerakli gramatika mavzularini beraman. Siz mana shu postdagi gramatika mavzulari ro'yxatidan xarita sifatida foydalanishingiz mumkin.

Aksariyat til o’rganuvchilarini ortga tortadigan narsa bu gramatika hisoblanadi. Afsuski ko’pchiligimizda shunday tushuncha bor “Tilni boshida gramatikasini o’rganib olish kerak.”. Lekin bu to’g’rimi? Yo’q, butunlay to’g’ri emas. Gramatikani bilish yaxshi, albatta. Ammo, til o’rganishda gramatikani o’qish kerak degani emas. Masalan, o’zbek tilini siz qanday o’rgangansiz? Siz tug’ilganingizda biror kim sizni oldiga chaqirib, gramatika qoidalarini tushuntirib o’tirganmi? Yo’q deb o’ylayman. Atrofimizdagilarni kuzatib, tilni so’zma-so’z o’rganganmiz, to’g’rimi? Til o’rganishda “Input”, ya’ni tinglash va o’qish, bo’lsa, ana shundagina sizda “Output” bo’ladi, ya’ni o’sha tilda muloqot qila boshlaysiz. Albatta bu vaqt va sabr talab qiladi - xuddi siz chaqaloqlikda so’zma so’z o’rgangandek. Quyidagi gramatika mavzulari ingliz tilini boshlab olishingiz sizga eng kerakli mavzular deb hisoblayman

  1. To be fe’li - o’tgan (was/were) va hozirgi (am/is/are) zamon shakli.
  2. Have/have got - o’tgan (had) va hozirgi (have/has) zamon shakli.
  3. There is/There are - hozirgi va o’tgan zamon shakli.
  4. Continuous tense (Davomiy zamon) - O’tgan (Past Continuous) va hozirgi (Present Continuous) zamon shakli.
  5. Simple Tense (Oddiy zamon) - o’tgan (Past Simple) va hozirgi (Present Simple) zamon shakli.
  6. Future Tense (Kelasi zamon) - will/To be going to

Yuqoridagi mavzular haqida kengroq ma’lumot olish uchun shu mavzu borasidagi batafsil videoni buyerga bosib ko’rishingizni tavsiya qilaman.


Shohruh AK



Category:

Grammar

Tags:



See Also

English Story Level A1: The sun is shining